Milliy san’at – milliy bank e’tiborida
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi 2004 yil Mustaqillik kuni arafasida ochilgan. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki AJning rangtasvir, grafika, va numizmatika namunalaridan iborat ta’lam Galereyaning qurilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Galereya XX asr O‘zbekiston tasviriy san’atining barcha davrlari, maktablari, yo‘nalishlari va yetuk rassomlar ijodini o‘zida aks ettirgan boy to‘plamga ega. Hozirgi vaqtda galereyaning rangtasvir va grafika to‘plamida 1000 dan ortiq eksponat mavjud. Galereyaning numizmatika to‘plami O‘rta Osiyo hududida qadimdan to hozirgi davrgacha muomalada bo‘lgan ulkan tarixiy, madaniy va ilmiy qimmatini o‘zida aks ettiradi. Mazkur to‘plam esa 2 500 dona noyob tangalardan tashkil topgan.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki AJ tomonidan tasviriy san’atga oid 8 ta katalog, numizmatikaga oid 4 ta katalog va bir qancha ilmiy nashrlar chop etilgan.
Galereyaning asosiy faoliyati keng jamoatchilikni mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlarning boy badiiy madaniyati bilan tanishtirishdir. Jumladan, galereya O‘zbekiston rang-tasvir asarlarini to‘plash, saqlash, respublikaning boy madaniyatini o‘rganish hamda tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmalarini uyushtirish orqali keng ko‘lamda targ‘ib qilish ishlarini amalga oshiradi. Jahon badiiy madaniyati yutuqlarini o‘rganadi. Ilmiy anjumanlar, ma’ruzalar, seminarlar tashkil qiladi, axborotlar tayyorlaydi hamda kitob, jurnal, almanax, kataloglar nashr etadi.
Ko‘rgazmalar va tajribalar almashish yo‘li bilan, festival, yarmarka, tanlovlar uyushtirish vositasida ilmiy, madaniy xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Xalqaro miqyosdagi tadbirlarda qatnashadi.
<iframe width="789" height="444" src="https://www.youtube.com/embed/Ym6sXiq53GY" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>Galereya binosi barcha zamonaviy dunyo muzeylari tajribasi talablariga javob beruvchi va Markaziy Osiyo xududida o‘xshashi yo‘q noyob ob’ektlardan hisoblanadi. Katta ekspozitsion ko‘rgazma maydonidan tashqari galereyada 15 ta zal makoni, eksponatlarni saqlash fondi, eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ma’ruzalar zali, ta’mirlash ustaxonasi, bolalar ijod studiyasi mavjud.
O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi ta’minotining xarajatlari O‘zmilliybank mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
Galereya mamlakatimiz va xorijdagi turli tashkilotlar, vakolatxonalar bilan sermahsul hamkorlik qilish uchun hamisha tayyor.
"O‘zmilliybank" AJ matbuot xizmati.
Reklama huquqi asosida