MIB: 23 million so‘mlik mulk qaytarildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining joriy yil 3-apreldagi ijro hujjatiga asosan da’vogar N.U.ga javobgar X.X.dan uning yashash manzilida turgan jami 23 million so‘mlik 71 nomdagi kelinlik mol-mulkini olib berish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati yuzasidan Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatiga kirishildi. Xususan, ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochisi tomonidan joriy yilning 7-aprel kuni javobgarning yashash manzilida saqlovda turgan mol-mulklar da’vogar N.U.ga olib berilib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.