Davlat mukofotlari topshirildi
Davlatimiz rahbarining “Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan bir guruh qoraqalpog‘istonlik soha vakillari ham faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida ushbu mukofotlarni topshirish tadbiri o‘tkazildi. Unda Jo‘qorg‘i Kenges raisi Amanbay Orinbayev taqdirlanganlarni muborakbod etdi va davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi.

Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda madaniyat, san’at va adabiyot sohalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada maxsus farmon va qarorlar qabul qilinib, shu asosda madaniy hayotimizda muhim yangilanishlar ro‘y bermoqda.

Tadbir davomida ana shunday ezgu ishlar ta’kidlab o‘tildi. Sohaga qaratilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik bildirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA