MIB: 140 million so‘mlik jarima undirildi, Neft-gaz sohasida texnologik hamkorlik kengaytiriladi - Qisqa xabarlar
O‘zbekiston Milliy axborot agentligining rasmiy sayti orqali e’lon qilingan yurtimiz hayotiga oid voqea va hodisalar tafsiloti hamda sport yangiliklaridan "Qisqa xabarlar" dasturida batafsil tanishasiz
- Joriy yilning 4-avgust kuni Bangkokdan Toshkentga uchib kelgan ikki nafar yo‘lovchi bojxona nazorati va tekshiruv davomida 2 dona vino shishasi va 2 dona plastik idish ichidan umumiy og‘irligi 6,8 kilogramm bo‘lgan “Mefedron” sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.
- Toshkent shahrida 1-sinfga qabul jarayoni to‘liq onlayn va bepul amalga oshiriladi.
- “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov va “Sinopec” kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha bosh vakili Fan Syannan boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
- Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan velosportning omnium ko‘pkurashida hamyurtimiz barcha raqiblarini ortda qoldirib, 146 ochko bilan musobaqaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/CBYuBHPfAh8" title="12 Avgust: Muhim va dolzarb xabarlarning qisqacha tafsiloti" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqub Meliboyev, O‘zA