“Men G‘olib” yugurish musobaqasi boshlandi
Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari hamda kuch tuzilmalari o‘rtasida shosse yugurish bo‘yicha ommaviy sport tadbiri – “Men G‘olib” yugurish musobaqasi start oldi.
Unda harbiy xizmatchilar, huquq-tartibot organlari xodimlari, milliy va maxsus oliy o‘quv yurtlari kursantlari, yoshlar hamda sportga befarq bo‘lmagan aholi vakillari 3 va 10 km. masofada yugurishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, “Men G‘olib” shiori ostida vatanparvarlik ruhidagi ommaviy yugurish musobaqasining 10 kilometr masofa uchun vaqt limiti 1 soat 20 daqiqa, 3 kilometrlik yo‘nalish uchun esa 20 daqiqa etib belgilangan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA