O‘zA viktorinasi: iPhone 17 Pro Max o‘z egasini topdi (+video)
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) tomonidan Jahon chempionati – 2026 munosabati bilan tashkil etilgan Viktorina o‘z nihoyasiga yetdi. Barcha o‘yin natijalari, bonus savollar hamda pley-off juftliklari uchun beriladigan ochkolar hisoblab chiqildi. Yakunda 24 mingdan ortiq ishtirokchilar orasidan eng yuqori natija ko‘rsatgan 100 nafar ishtirokchi O‘zA tomonidan ajratilgan maxsus sovg‘alarni yutib olishdi.
Bugun O‘zA binosiga viktorinamizda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchimiz Ozodbek Hikmatullayev keldi va o‘ziga va’da qilingan "Iphone 17 Pro Max" telefonini qabul qilib oldi. Biz mazkur jarayonni tasvirga oldik va ishtirokchimiz o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur jarayonni O‘zA "You Tube" sahifasida tomosha qiling.


Qolgan yutuqli o‘rin egalariga ham sovg‘alar birin-ketin taqdim etilishda davom etadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0byrVAZ-nis" title="O‘zA viktorinasi: iPhone 17 Pro Max o‘z egasini topdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, Oybek Davronov,
Iskandar Ismatov (video), Nosir Haydarov (surat), O‘zA