Mashgʻulotlar yuqori saviyada oʻtdi
Toshkent viloyatida oʻtkazilgan maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari yakunlandi.
Toshkent viloyatida oʻtkazilgan maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari yakunlandi.
Ikki kun davomida Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari – Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni boshchiligida hamkorlikdagi harakatlarni muvofiqlashtirish, razvedka va boshqa muhim maʼlumotlarni tezkor almashish, shuningdek, ishtirokchi boʻlinmalarning real vaqt mezonlari asosida samarali va yagona boshqaruvini tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrildi.
Mashgʻulotlar doirasida quruqlikda, havodan razvedka ishlari olib borildi. Oʻquvlarda ishtirok etgan DXX Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi va hamkorlikdagi boʻlinmalarning shaxsiy tarkibi kuchaytirilgan tizimda jangovar mashgʻulotlarni oʻtadi. Mashgʻulotlarda davlat chegarasi himoyasini kuchaytirish, ehtimoliy chegara buzilish holatlarini tezkor aniqlash va bartaraf etish, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda kuch tuzilmalari bilan hamkorlikdagi harakatlar yuksak darajada namoyish etildi.




