Markaziy Osiyoda suv tanqisligi: haqiqat yoki qo‘rquv (+video)
Markaziy Osiyoda havo harorati o‘rtacha global ko‘rsatkichga nisbatan tezroq isishi kuzatilmoqda. Oxirgi o‘ttiz yilda o‘rtacha yillik harorat 0,5 darajaga ko‘tarilgan, 2085-yilga kelib 5,7 darajagacha oshishi taxmin qilingan. Agar hozirdan suvni tejashni boshlamasak, 20-30 yildan keyin farzandlarimiz suv uchun kurashadigan davr kelishi mumkin.
Ayrim mutaxassislar Markaziy Osiyoni suv tanqisligi, oziq-ovqat narxlarining oshishi va hatto ekologik migratsiya xavfi kutayotganini aytmoqda.
Ammo bu ogohlantirish qanchalik real?
Iqlim haqiqatdan ham keskin o‘zgaryaptimi yoki bu xavotirlar bo‘rttirib ko‘rsatilmoqdami?Shu savollarga javob olish uchun studiyamizga Agrosanoatni rivojlantirish agentligi mutaxassisi Humoyun Mag‘ripovni taklif qildik.
<iframe width="873" height="491" src="https://www.youtube.com/embed/-gJJkqTyfFI" title="Markaziy Osiyoda suv tanqisligi: haqiqat yoki qoʻrquv" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mohichehra Eshmirzayeva, Doniyor Yakubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA