Maktablarda tibbiyot yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi
Shu kunlarda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari direktorlaridan iborat delegatsiya Moskva shahrida bo‘lib, maktablarda tibbiyot yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda.
“Toshkent tajribasi” loyihasi doirasida tashkil etilgan ташриф davomida kimyo va biologiya fanlarini chuqurlashtirib o‘qitish, tibbiyotga ixtisoslashtirilgan sinflarni tashkil etish, zamonaviy laboratoriyalardan samarali foydalanish, o‘quvchilarni tibbiyot kasblariga maqsadli yo‘naltirish hamda amaliy va kasbiy ta’limni maktab bosqichidan boshlash tajribalari o‘rganilmoqda.

Bundan asosiy maqsad Moskva shahrining ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularning samarali jihatlarini Toshkent shahridagi maktablar ta’lim jarayoniga joriy etishdan iborat.
Tajriba doirasida o‘quvchilarning tibbiyot sohasiga qiziqishini oshirish hamda kelajakdagi malakali kadrlarni maktab davridan boshlab maqsadli tayyorlash nazarda tutilgan.
Shuningdek, o‘rganilayotgan ilg‘or tajribalar asosida Toshkent shahridagi maktablarda tibbiyot yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha yangi va samarali yondashuvlar shakllantiriladi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA