Maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 10 dekabrdagi 776-sonli “Kelajak” markazlari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026 yil 8 yanvardagi 7-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi maktab maslahatchisi lavozimi uchun test sinovlariga start berildi.
Jumladan, Farg‘ona shahridagi 28-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mazkur lavozimga talabgor nomzodlar ishtirokida test sinovlari boshlandi.
[gallery-27168]
Sinov jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga muvofiq tashkil etilmoqda. Test sinovlari davomida nomzodlarning kasbiy bilimlari, normativ-huquqiy hujjatlardan xabardorligi, shuningdek, yoshlar bilan ishlash ko‘nikmalari baholanmoqda.
Qayd etilishicha, saralash jarayonlarining keyingi bosqichida nomzodlar bilan suhbat o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tadbir umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, “Kelajak” markazlari faoliyati samaradorligini oshirish hamda maktablarda maslahatchilik tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA