Luis Enrikening "PSJ"dagi maoshi keskin oshdi
Avval uning yillik daromadi 12 million yevro atrofida edi.
"PSJ" Luis Enrikeni uzoq muddat Parijda olib qolish uchun murabbiyning moliyaviy shartlarini ham sezilarli darajada yaxshiladi.
Fransiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuvdan so‘ng ispaniyalik mutaxassis yiliga qariyb 20 million yevro maosh oladi. Avval uning yillik daromadi 12 million yevro atrofida edi.
Shu tariqa, Enrikening maoshi qariyb ikki barobar oshdi va u dunyoning eng ko‘p haq oladigan murabbiylari qatoridan joy oldi.
Parij klubi rahbariyati 56 yoshli mutaxassisning faoliyatidan juda mamnun. "PSJ" prezidenti Nosir Al-Xelayfiy avvalroq Enrikeni dunyoning eng yaxshi murabbiyi sifatida baholagan edi.
Ispaniyalik mutaxassis 2023-yilda "PSJ" boshqaruvini qabul qilgan. Uning qo‘l ostida parijliklar Yevropa futbolidagi mavqeini yanada mustahkamlab, ketma-ket ikki mavsum Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.