Neymar jarohat oldi va ikki oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin
Vinger joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatma qayd etgan.
“Santos” hujumchisi Neymar Braziliya kubogi chorak finalida “Palmeyras”ga qarshi javob uchrashuvida jarohat oldi. Bahs 0:0 hisobida yakunlandi.
34 yoshli braziliyalik futbolchi o‘yin davomida o‘ng sonida og‘riq sezdi va tanaffusdan keyin uchrashuvni davom ettira olmadi. Tibbiy tekshiruvlar uning mushagida jarohat borligini aniqladi.
Globo ma’lumotiga ko‘ra, Neymarning tiklanishi 4 haftadan 8 haftagacha davom etishi mumkin. Shu sababli hujumchi “Santos”ning yaqin uchrashuvlarining katta qismini o‘tkazib yuborish xavfi ostida.
Neymar joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatma qayd etgan.