Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganilmoqda
Toshkent viloyatida muhim ob’ektlarning 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi jiddiy nazoratda. Bosh prokuratura va olimlar ishtirokidagi o‘rganishlar nimalarni aniqlaydi?
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatidagi iqtisodiyot, ijtimoiy va energetika sohasi ob’ektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.
Mazkur jarayonga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda 8 ta oliy ta’lim tashkilotidan ham jami 50 nafar professor-o‘qituvchi jalb etilib, viloyatning 22 ta tumanida ob’ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar olib borilmoqda.
Jarayondan dual ta’lim asosida tahsil olayotgan talabalar ham chetda qolmay, ularning ta’lim mobaynida egallagan nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish va amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyati yaratilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, bunday tashabbus kelajakda xavfsiz ilmiy muhit va malakali mutaxassislar ortishiga sabab bo‘ladi.
Sherbek Islomov, O‘zA