Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat – muhim vazifa
Bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash davlat va jamiyat boshqaruvining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, qonun ustuvorligini mustahkamlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xodimlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimidagi “Tolimarjon IES” aksiyadorlik jamiyatida ham mazkur yo‘nalishdagi ishlarni tizimli ravishda kuchaytirish, xodimlarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirish maqsadida korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.
– Korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina mas’ul tuzilmalarning vazifasi emas. Bu jarayonda har bir xodim o‘zining xizmat vazifalariga halol va vijdonan yondashishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi hamda korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi zarur, – dedi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Nosirxo‘jayev.
Shuningdek, tadbir davomida davlat xaridlari sohasida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, davlat xaridlarini amalga oshirishda mas’uliyat va nazoratni kuchaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bildirildi.
Seminar yakunida xodimlarga qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarga befarq bo‘lmaslik hamda jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish har bir xodimning muhim vazifasi ekanligi tushuntirildi.
Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA