Korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilandi (+video)
O‘zbekistonda korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ro‘yxati qonun darajasida belgilab qo‘yildi.
Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud boshqalarning manfaatlarini ko‘zlab, moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishidir. Bunga poraxo‘rlik, tamagirlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va davlat resurslarini o‘zlashtirish kabi harakatlar kiradi.
O‘zbekistonda 2026-yil 22-iyundagi O‘RQ–1155-sonli Qonun bilan Jinoyat kodeksiga “korrupsiyaga oid jinoyatlar” degan yangi tushuncha kiritilib, ularning aniq va rasmiy ro‘yxati qonun darajasida belgilandi, shuningdek, bunday jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning elektron reyestri yuritilishi joriy etildi. Batafsil lavhamiz davomida.
<iframe width="650" height="420"
src="https://www.youtube.com/embed/vsTSd_QHZI4"
title="Korrupsiyaga oid jinoyatlarning aniq ro‘yxati belgilandi"
frameborder="0"
allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov,O‘zA