“Kelajak” markazi: maktabdan tashqari ta’lim yangi bosqichda
FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbarining 2025 yil 8 sentyabrda qabul qilingan “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, respublika bo‘ylab “Barkamol avlod” bolalar maktablari negizida “Kelajak” markazlari tashkil etilmoqda.
[gallery-27361]
Shu asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida ham joriy yil boshidan ana shunday markaz o‘z faoliyatini boshladi. Ayni paytda markazda “Madaniyat va san’at”, “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish”, “Jismoniy tarbiya va sport”, “Hunarmandchilik va qo‘l mehnati”, “Turizm va ekologiya”, “Oliy ta’lim muassasalariga va maktabga tayyorlov”, “Xorijiy tillar” kabi yo‘nalishlarda jami 63 ta to‘garak faoliyat yuritmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu to‘garaklarga 2 ming 100 nafardan ziyod o‘quvchi qamrab olingan. Shuningdek, markazning shahar hududidagi bir qator umumta’lim maktablarida ham tarmoq to‘garaklar tashkil etilgan.
Maqsad HABIBULLAEV(surat).O‘zA