Karting musobaqasida kuchlilar saralandi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Uchqo‘rg‘on tumanidagi kartadromda karting bo‘yicha “Namangan viloyati hokimi kubogi uchun” 3-bosqich final musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
“Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 7 jamoa tarkibida 70 nafarga yaqin ziyod sportchi «Mikro», «Mini», «Supermini», «OK-Junior», «Patriot», «KF», «KZ» hamda «T-4 Patriot o‘smirlar» sinflari bo‘yicha g‘oliblik uchun bellashdi.
[gallery-30678]
Yakuniy natijalarga ko‘ra, To‘raqo‘rg‘on tuman O‘STM jamoasi birinchi, Namangan viloyati texnik va amaliy sport turlari markazi ikkinchi, Yangiqo‘rg‘on tuman O‘STM jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqa g‘oliblari “Vatanparvar” tashkilotining diplom va medallari bilan taqdirlandi
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA