Karlo Anchelotti 41 yoshli Tyago Silvani terma jamoaga chaqirishini tasdiqladi
Futbol bo‘yicha Braziliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti «Portu» klubi himoyachisi Tyago Silvaning bo‘lajak jahon chempionatidagi ishtiroki borasidagi savollarga javob berdi.
Tajribali mutaxassis The Guardian nashriga bergan intervyusida 41 yoshli himoyachining hamon yuqori sport formasida ekanligini va jamoa uchun uning tajribasi muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
— Tyago Silva jahon chempionati uchun rejalarimdan joy olgan, — dedi Karlo Anchelotti. — U joriy mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi, Portugaliya chempionligini qo‘lga kiritdi va ayni paytda jismoniy holati juda yaxshi. Terma jamoa uchun bunday yetakchilar juda zarur. Baxtimizga, jamoamizda barcha hurmat qiladigan tajribali o‘yinchilar talaygina.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Tyago Silva yakuniga yetgan mavsum davomida «Portu» safida barcha turnirlarda 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning Portugaliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan.