Kamilla Rahimova va Polina Kudermetovaning Xitoydagi raqiblari aniq bo‘ldi
Xitoyning Ninbo shahrida ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan WTA 500 toifasiga kiruvchi «BNB Ningbo Open» xalqaro turnirida asosiy to‘r bahslariga start berildi.
Mukofot jamg‘armasi 1 million 206 ming 446 AQSH dollarini tashkil etuvchi nufuzli turnirning saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamyurtlarimiz Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova asosiy to‘rga yo‘llanma oldi. Endi tennischilarimiz musobaqaning birinchi davrasida bahs olib boradi.
Jumladan, qur’a natijasiga ko‘ra, Polina Kudermetovaning birinchi davradagi raqibi ispaniyalik Kristina Buksha bo‘ladi. Kamilla Rahimova esa chexiyalik Mari Buzkova bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA