Jo‘qorg‘i Kenges raisi tadbirkorlar bilan uchrashdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev Kegeyli va Chimboy tumanlaridagi yangi loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Kegeyli tumanida o‘tkazilgan tadbirda Jo‘qorg‘i Kenges raisi dastlab davlatimiz rahbari tomonidan Qoraqalpog‘iston uchun alohida qabul qilingan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyatini, ular asosida yaratilgan sharoitlar haqida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, o‘z biznesini tashkil etib, yangi loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bank kreditlari, loyihalarni moliyalashtirish, kadastr hujjatlarini ishlab berish kabi dolzarb masalalar ko‘tarildi. Ular tomonidan bildirilgan har bir masala belgilab olindi.
Tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga yaqindan ko‘maklashish, yangi loyihalarni ishga tushirish orqali aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri