Joao Pedro «Chelsi» bilan 2033-yilgacha yangi shartnoma imzolaydi
Pedro o‘tgan yozda «Brayton»dan 63,7 million yevro evaziga «Chelsi» safiga qo‘shilgan edi.
«Chelsi» hujumchisi Joao Pedro yaqin kunlarda London klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Yangi shartnoma 24 yoshli braziliyalik futbolchini 2033-yil iyunigacha klubda olib qoladi. Shuningdek, bitim futbolchining maoshi oshirilishini ham nazarda tutadi.
Romano ta’kidlashicha, «Chelsi» Joao Pedro bo‘yicha uchta top-klubning taklifini rad etgan. Londonliklar hujumchini sotilmaydigan futbolchi sifatida baholamoqda va uning transferini umuman ko‘rib chiqishni rejalashtirmayapti.
Joao Pedro o‘tgan yozda «Brayton»dan 63,7 million yevro evaziga «Chelsi» safiga qo‘shilgan edi.
U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 6 ta assist muallifiga aylandi.