Bugun Superliganing 15-tur bahslari davom ettiriladi
Bugungi kunni Namanganda “Navbahor” - “Xorazm” bahsi boshlab beradi.
Bugun O'zbekiston Superligasining 15-tur bahslari davom ettiriladi. Bugungi kunni Namanganda “Navbahor” - “Xorazm” bahsi boshlab beradi.
“Navbahor” - "Xorazm"
15-tur doirasida Namanganda “Navbahor” - "Xorazm' o‘zaro bahs olib boradi.
Turnir jadvalida “lochinlar” 14 turdan so‘ng 5-o‘rin (22 ochko)ni egallab turibdi. “Xorazm” esa 12-o‘rinda (16 ochko) bormoqda.
Jamoalar shu kungacha rasmiy uchrashuvlarda 18 bor to‘qnash kelgan. Ularning 13 tasida namanganliklar g‘alaba qozongan, 3 ta bahs durang bilan yakunlangan va 2 marta xorazmliklar zafar quchgan.
O‘tgan turda"Navbahor" safarda ochko yo‘qotgan bo‘lsa, “Xorazm” esa o‘z maydonida muhim g‘alabaga erishdi. Har ikki jamoa 15-turda o‘z maqsadi sari navbatdagi qadamni tashlashni ko‘zlamoqda.

“Mash’al” — “Soʻgʻdiyona”
15-turda G'uzordagi bahsda ketma-ket magʻlubiyatlardan chiqishga urinayotgan “Mash’al” va "Soʻgʻdiyona" oʻzaro toʻqnash keladi.
Har ikki jamoa ham oʻtgan turni magʻlubiyat bilan yakunladi. “Mash’al” safarda OKMKga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan boʻlsa, “Soʻgʻdiyona” Toshkentda “Lokomotiv”ga 1:3 hisobida yutqazdi. Shu sabab bugungi uchrashuv ikki klub uchun ham tiklanish imkoniyati hisoblanadi.
Soʻnggi uch tur natijalari ham jamoalarning beqaror oʻyinini koʻrsatmoqda. “Mash’al” bu oraliqda “Qoʻqon-1912”ni 1:0 hisobida magʻlub etdi, “Nasaf” bilan 1:1 oʻynadi va OKMKga 1:2 hisobida yutqazdi. “Soʻgʻdiyona” esa “Xorazm”ni 2:0 hisobida magʻlub etganidan soʻng ketma-ket “Neftchi” (1:5) va “Lokomotiv”ga (1:3) imkoniyatni boy berdi.

Oʻzaro uchrashuvlar tarixida esa muvozanat kuzatiladi. 24 rasmiy bahsning 8 tasida Mash’al, 8 tasida Soʻgʻdiyona gʻalaba qozongan, yana 8 uchrashuv durang bilan yakunlangan.
.