JCh-2026. Hamyurtimiz Ilgiz Tantashev Shotlandiya va Marokash o‘yinini boshqaradi
Mazkur bahs 20-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da start oladi.
AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida start olgan futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati uchrashuvlari qizg‘in pallaga kirmoqda. Quvonarlisi, musobaqaning navbatdagi muhim bahslaridan biri o‘zbekistonlik hakamlar jamoasiga ishonib topshirildi.
FIFA referisi Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi "G" guruhi doirasidagi Shotlandiya va Marokash terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradi. Mazkur bahs 20-iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da start oladi.
Uchrashuvda hamyurtimizga qanotlarda laynsmenlar — Andrey Sapenko va Timur Gaynullin yordam berishadi.