Jahon chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlishga daʼvogar futbolchilar reytingi eʼlon qilindi
Ushbu mukofot musobaqaning eng koʻp gol urgan futbolchisiga topshiriladi.
Goal portali 2026-yilgi Jahon chempionati yakunlariga koʻra topshiriladigan «Oltin butsa» sovrini uchun asosiy daʼvogarlar reytingini eʼlon qildi. Ushbu mukofot musobaqaning eng koʻp gol urgan futbolchisiga topshiriladi.
Reytingning birinchi pogʻonasidan Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn joy oldi. Mutaxassislar uni boʻlajak mundialda eng koʻp gol urish imkoniyati eng yuqori boʻlgan futbolchi sifatida baholamoqda.
Ikkinchi oʻrinda Fransiya terma jamoasi aʼzosi Kilian Mbappe qayd etilgan boʻlsa, uchinchi pogʻonani Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland band etdi.
Kuchli oʻntalikdan, shuningdek, Mikel Oyarsabal (Ispaniya), Lionel Messi (Argentina), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Xulian Alvares (Argentina), Vinisius Junior (Braziliya), Luis Dias (Kolumbiya) va Folarin Balogun (AQSH) joy olgan.
Jahon chempionati uchrashuvlari joriy yilning 11-iyun kuni start oladi.