Ispaniya ikki karra jahon chempioni
Uchrashuv yakunlandi.
Jahon chempionatining final bellashuvi yakunlandi.
Jahon chempionati bahslari oʻz yakuniga yetdi. Mundial gʻolibligi uchun amaldagi Yevropa chempioni Ispaniya va amaldagi Kopa Amerika gʻolib Argentina terma jamoalari kuch sinashdi. Bellashuv ispanlarning toʻliq nazorati ostida oʻtdi. “Qizil furiya” oʻyin davomida 20dan ortiq zarba berdi. Har bir zarbaga esa Emilyano Martines qarshi chiqdi. Bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi va qoʻshimcha boʻlimlarga murojat qilindi. 106-daqiqaga kelib Ferran Torres gol urib hisobni ochdi. Ushbu gol uchrashuv soʻngigacha saqlanib qoldi va Ispaniya jahon chempionligini qoʻlga kiritdi.