Ispaniya FIFA reytingida yana birinchi o‘ringa ko‘tarildi
Fransiya uchinchi, Angliya esa to‘rtinchi o‘rindagi mavqeini saqlab qoldi.
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 20-iyul holatiga ko‘ra yangilangan terma jamoalar reytingini e’lon qildi.
JCH–2026 finalida Argentina ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, ikkinchi bor jahon chempioniga aylangan Ispaniya yana reyting peshqadamiga aylandi. Luis de la Fuente shogirdlari Argentinani ortda qoldirdi.
Fransiya uchinchi, Angliya esa to‘rtinchi o‘rindagi mavqeini saqlab qoldi.
Shuningdek, JCH–2026 nimchorak finaligacha yetib borgan Meksika to‘rt pog‘ona yuqorilab, kuchli o‘ntalikka kirdi. Germaniya esa Top-10 tarkibini tark etdi.
O'zbekiston terma jamosi esa qatorasiga 5ta mag'lubiyatdan so'ng 60-pog'onagacha pastladi.
FIFA reytingi (20-iyul):
1. Ispaniya — 1995,88 ochko
2. Argentina — 1970,37
3. Fransiya — 1948,97
4. Angliya — 1922,83
5. Braziliya — 1804,92
6. Marokash — 1803,99
7. Portugaliya — 1787,85
8. Belgiya — 1778,36
9. Niderlandiya — 1775,54
10. Meksika — 1754,30