Ipoteka bank OTP Group Yangi Toshkentdagi “Sharq Bahori” loyihasi uchun 17,8% stavkada ipoteka dasturini yo‘lga qo‘ydi
Ipoteka bank OTP Group Yangi Toshkent shahrining markazida joylashgan “Sharq Bahori” turar-joy majmuasidan uy sotib olish uchun yillik 17,8% stavkada 20 yil muddatga mo‘ljallangan ipoteka dasturini ishga tushirilganini ma’lum qiladi.
Dasturning asosiy yutug‘i — yillik 17,8% miqdoridagi barqaror foiz stavkasi bo‘lib, u qurilish bosqichidan tortib, ob’ekt to‘liq foydalanishga topshirilgunga qadar o‘zgarishsiz amal qiladi.
“Sharq Bahori” — Yangi Toshkentning yirik rivojlanish loyihalaridan biri bo‘lib, zamonaviy shaharsozlik tamoyillari asosida qurilmoqda. “15 daqiqalik shahar” g‘oyasi tufayli yashash uchun zarur barcha infratuzilmalar — bog‘lar, ijtimoiy xizmatlar va boshqa qulayliklar — uy atrofida piyoda yetib borish masofasida bo‘ladi.
Mazkur ipoteka dasturi uy-joyni hali qurilish jarayonidayoq xarid qilish imkonini yaratadi va kredit shartlari oldindan belgilangani sababli foiz stavkasi o‘zgarishi bilan bog‘liq tavakkalchilikni bartaraf etadi. Bu esa mijozlar uchun xarid jarayonini yanada barqaror va moliyaviy jihatdan ishonchli qiladi.
Ipoteka keng qamrovli mijozlar guruhiga mo‘ljallangan bo‘lib, jumladan, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni ham qamrab oladi. Bu esa turli daromadga ega shaxslar uchun uy sotib olish imkonini kengaytiradi.
2026-yilning aprel–iyun oylarida bank poytaxtning yangi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun ipoteka kreditlash imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Ushbu tashabbus uy-joy xarid qilish jarayonini soddalashtirish va aholining moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan.
Kreditga ariza topshirish jarayoni qulay: mijozlar onlayn shaklda yoki Ipoteka bank OTP Group’ning eng yaqin filialida amalga oshirishlari mumkin.
Aloqa-markaz: (78) 150 89 13