Hurmuz ikki kunda oçiladi, agar…
AQŞ muayyan talabni qabul qilsa, Eron ikki kun içida Hurmuz böğozi böylab kema harakatini tiklaşga tayyor. Bu haqda Islom Respublikasi Taşqi işlar vazirligi vakili Ismoil Baqoiy maʼlum qildi. Uning taʼkidlaşiça, tomonlar örtasida vositaçilar orqali xabar almaşinuvi davom etyapti. Endi kelişuv faqat Vaşingtonning Tehron şartiga munosabati bilan boğliq.
Şartli röyxat barça frontda uruşni töxtatiş, xorijda muzlatilgan mablağni qaytariş, neft sohasida joriy etilgan sanksiyani bekor qiliş va Eron portlariga nisbatan dengiz qamalini tugatişni nazarda tutadi. Şuningdek, Hurmuz orqali qatnovning Eron va Ömon kelişgan yangi yönalişini tan oliş hamda mintaqadagi AQŞ harbiylari sonini kamaytiriş ham talab qilinmoqda.
Ayni payt Qatar vositaçiligida dastlabki kelişuv loyihasi ustida iş olib borilyapti. Xitoy ham maxsus vakilini Eron, Ömon va Saudiya Arabistoniga yuborib, tomonlarni harbiy harakatni töxtatişga çaqirgan. Tehron yadroviy muzokara bosim ostida olib borilmasligini bildirgan, AQŞ Markaziy qömondonligi esa Islom Respublikasi hujumi oddiy aholi va fuqarolik manzillariga ham zarar yetkazganini daʼvo qilmoqda.
Musulmon Ziyo, ÖzA