28 yillik safar: dunyoning yarmi piyoda bosib ötildi
Britaniyalik sayyoh Karl Buşbi 28 yil transport vositasidan foydalanmay 50 000 kilometr masofa bosib ötilgan safarini yakunlab, vataniga qaytdi. Sobiq paraşyutçi Çilidan yölga çiqib, tört qitʼani piyoda kezdi. Uni Angliyaning Xall şahrida qariyb 1000 kişi tantanali kutib oldi.
Buşbi sayohatini 500 dollar bilan boşlagan. Yölda u örmon, çöl va muzliklardan ötdi, çegara muammosi, viza çeklovi, qamoq maşaqqati va ob-havo tösiğiga duç keldi. Hatto Kaspiy dengizidan 31 kun suzib ötişiga töğri keldi. Dastlab 12 yilga möljallangan ekspeditsiya turli qiyinçilik sabab qariyb uç ön yilga çözildi.
Sayyoh eʼtirof etişiça, turli mamlakatlardagi oddiy insonlarning yordami unga qöşimça kuç bağişlagan. Olmon rejissyori Verner Xersog mazkur ğayri oddiy sarguzaşt asosida hujjatli film tayyorlayapti. Buşbi esa köp yildan keyin onasi, öğli va ilk bor köradigan 12 yoşli nabirasi bilan uçraşiş arafasida.
Musulmon Ziyo, ÖzA