Hukumat yordamidan aholi mamnun
Olot tumanining Bunyodkor mahalla fuqarolar yigʻinida ham tamirlash-tiklash ishlari avjida.
Olot tumanining Bunyodkor mahalla fuqarolar yigʻinida ham tamirlash-tiklash ishlari avjida.
Hududda koʻplab quruvchilar bilan birga Milliy tiklanish demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi Maqsud Muhammedovni xam uchratdik.
OʻzMTDP viloyat Kengashi raisining takidlashicha, bir guruh partiya faollari xayriya yordami tariqasida yigʻilgan jami 70 million soʻmlik mablagʻ asosida 20 ga yaqin xonadonlar uchun qurilish materiallaridan iborat ming dona shifer, 10 kub yogʻoch mahsulotlarini yetkazib bergan.

Ushbu hom-ashyolar tabiiy ofatdan talofat koʻrgan, ehtiyojmand, kam taʼminlangan oila vakillari istiqomat qilayotgan xonadonlar taʼmiriga sarf etilib, qurilish, taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan.
– Davlat rahbariga rahmat, – deydi Bunyodkor MFY Iftixor koʻchasi 38-uyda yashovchi Irina Fborshinova. – Shunday ogʻir kunda biz olotliklarni qoʻllab-quvvatladi. Millatim rus boʻlsa ham Oʻzbekiston mening oilamni ogʻir ahvolga tashlab qoʻymadi. Men bunday yurtda yashaganimdan faxrlanaman. Albatta barcha shukrona tilaklarimni Prezidentimga yozib joʻnataman.