Hokim yosh olimlar bilan uchrashdi
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov yosh olimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Samimiy va ochiq muloqot davomida ilm-fanni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oya va ishlanmalarni amaliyotga joriy etish, yosh olimlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar xususida fikr almashildi.
Shuningdek, hudud taraqqiyoti, iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinib, yosh olimlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri