Hisobotlar eshitilib, yangi vazifalar belgilandi
FOTOREPORTAJ
Ahmad Farg‘oniy nomidagi axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Farg‘ona viloyati Kengashining IV plenumi bo‘lib o‘tdi.
Plenumda partiya viloyat Kengashi a’zolari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari vakillari, partiya faollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasining hisobot davridagi faoliyati, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida belgilangan vazifalar, deputatlik guruhlari faoliyati, moliyaviy-xo‘jalik ishlari hamda tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
[gallery-29830]
Ta’kidlanganidek, hisobot davrida aholi bilan muloqotlarni kuchaytirish, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, xotin-qizlar va yoshlarning siyosiy-huquqiy faolligini oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish yo‘nalishlarida qator ishlar amalga oshirildi.
Shuningdek, partiyaning hududlardagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, targ‘ibot tadbirlari samaradorligi va deputatlik korpusi faoliyati yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Plenumda kelgusi davr uchun partiya faoliyati samaradorligini oshirish, aholi bilan ochiq muloqotlarni kengaytirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA