Hindiston oziq-ovqat bozorida nazoratni kuchaytirmoqda
“Reuters” nashri yozishicha, Hindistonda oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda. Regulyatorlar ko‘plab mahalliy oshxona va brendli restoranlar faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Dunyoda eng ko‘p aholi yashaydigan Hindiston iste’molchilari uzoq vaqtdan beri restoran va kafelarda gigiyenaning yomonligidan shikoyat qilib kelishadi. Shuningdek, o‘lkada oziq-ovqat mahsulotlarini qalbakilashtirish bo‘yicha janjalli lavhalar ham ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez ko‘zga tashlanadi.
Xabarga ko‘ra, 2020-yildan beri ushbu davlatdagi oziq-ovqat inspektorlari 100 mingdan ortiq namunani tekshirgan va har beshinchi namuna xavfli, sifatsiz yoki tegishli yorliqlarsiz deb topilgan. So‘nggi uch yilda 8 mingga yaqin oziq-ovqat biznesi litsenziyasi bekor qilindi.
Sifat nazoratchilari shuningdek, noto‘g‘ri qadoqlangan “Diageo” kabi spirtli ichimliklar kompaniyalariga, “Red Bull” kabi energetik ichimliklar ishlab chiqaruvchilarga mahsulotlarni targ‘ib qilgani uchun turli choralar ko‘rgan.
Hindiston Chili va Meksikada joriy etilganidek, qand, tuz va yog‘ning yuqori miqdorini belgilash uchun qadoqning old qismidagi ogohlantirish yorliqlarini yillar davomida muhokama qilib kelmoqda.
Mamlakatda qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar shakar, tuz va yog‘ ko‘plab an’anaviy mahsulotlarning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lganligi bois, yorliqlardagi aniq ogohlantirishlar savdoga zarar yetkazishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
A.Mamatov, O‘zA