“Hindiston - Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi ishlar vazirlarining majlisi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov videokonferensiya shaklida uyushtirilgan “Hindiston - Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi siyosat idorlari rahbarlarining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov videokonferensiya shaklida uyushtirilgan “Hindiston - Markaziy Osiyo” muloqoti tashqi siyosat idorlari rahbarlarining ikkinchi yigʻilishida ishtirok etdi.
Tadbirda, shuningdek, Hindiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻoniston tashqi ishlar vazirlari qatnashdi.
Oʻtgan yili Samarqandda tashkil etilgan ushbu diplomatik platforma mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish uchun dolzarb va samarali mexanizm ekani taʼkidlandi.

Tadbir davomida vazirlar Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, sayyohlik, madaniy-gumanitar, ekologiya va boshqa sohalardagi aloqalarni yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlash maqsadida huquqni muhofaza qilish idoralari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, transchegaraviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligi qayd etildi. Oʻzbekiston tomoni mintaqaviy muammolarni aniqlash uchun muntazam ravishda ekspertlar uchrashuvlari tashkil etishni taklif qildi.
Uchrashuv ishtirokchilari mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlik Afgʻonistondagi vaziyat bilan chambarchas bogʻliqligini taʼkidladlar. Shu nuqtayi nazardan tomonlar Afgʻonistonni mintaqaviy savdo-iqtisodiy va transport-tranzit hamkorligiga kengroq jalb qilish, ayni sohalarda aniq loyihalarni amalga oshirish tarafdori ekanliklarini maʼlum qildilar.

TIV rahbarlari Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari sanitar-epidemiologiya xizmatlari oʻrtasida SOVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda yaqin hamkorlikni davom ettirish zarurligini eʼtirof etdilar.
Vazirlar shu kuni boʻlib oʻtgan Hindiston - Markaziy Osiyo ishbilarmonlar kengashi ikkinchi yigʻilishi natijalarini olqishladilar.
Tadbir yakunlari boʻyicha Qoʻshma bayonot qabul qilindi.