Harbiylarning farzandlari uchun konsert dasturi tashkil etildi
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan FVV akademiyada harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun bayramona konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbiri davomida bolajonlarga quvonch va ko‘tarinki kayfiyat ulashish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda oilalarda mehr-oqibat va e’tibor muhitini yanada mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratildi.

Tadbir dasturi doirasida Akademiya Orkestr jamoasi ijrosida kuy-qo‘shiqlar, qiziqarli sahna chiqishlari, bolalar o‘rtasida turli qiziqarli musobaqalar, quvnoq tomoshalar hamda bayramona chiqishlar namoyish etildi.

Shuningdek, bolajonlar uchun interaktiv o‘yinlar tashkil qilinib, faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbirida harbiy xizmatchilar va xizmatchilar farzandlari bilan birgalikda faol ishtirok etib, quvonchli lahzalarga sherik bo‘ldi. Tadbir davomida bolalarning samimiy quvonchi va beg‘ubor kulgisi bayramga yanada fayz bag‘ishladi.
G.Boboyeva, O‘zA