Gvardiol «Manchester Siti» bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirdi
Avvalroq Yoshko Gvardiolga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Manchester Siti» va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2031-yil yozigacha amal qiladi.
Qayd etilishicha, klub sport direktori Ugu Viana hamda bosh murabbiy Entso Mareska 24 yoshli himoyachini jamoaning asosiy futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmoqda.
Avvalroq Yoshko Gvardiolga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Xorvatiyalik futbolchi 2023-yil yozidan buyon «Manchester Siti» safida to‘p surmoqda. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 122 ta uchrashuv o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 10 ta assist amalga oshirdi.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Yoshko Gvardiolning transfer qiymati 70 million yevroni tashkil etadi.