Germaniya terma jamoasining mundialdagi minimal va maksimal vazifalari ma'lum bo'ldi
Germaniya milliy terma jamoasi guruh bosqichida Kyurasao, Kot-d'Ivuar va Ekvador terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Germaniya Milliy terma jamoasi joriy jahon chempionatidagi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini belgilab oldi.
Sky Sports nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya termasining JCh-2026 uchun minimal rejasi chorak finalga yetib borish etib belgilangan. Agar Milliy jamoa turnirning eng kuchli 8 ta terma jamoasi qatoriga kira olsa, ushbu chempionat nemislar uchun muvaffaqiyatli deb hisoblanadi.
Agarda jamoa yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, bu ulkan muvaffaqiyat sifatida baholanadi. Boisi, Germaniya terma jamoasi o‘zi chempionlikni qo‘lga kiritgan JCh-2014 musobaqasidan buyon yirik turnirlarda yarim finalga qadar yetib bora olmayapti.
Germaniya milliy terma jamoasi guruh bosqichida Kyurasao, Kot-d'Ivuar va Ekvador terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Nemislar turnirdagi ilk uchrashuvini bugun, 14-iyun kuni o‘tkazishadi.