Futbolchilarimiz bronza medali uchun kurashadi
Yaponiyada o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi yarim final bahslari yakunlandi.
Osaka shahridagi "Nagai" stadionida bo‘lib o‘tgan yarim final bahslarining dastlabkisida Janubiy Koreya va Xitoy terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Unda koreyalik futbolchilar 2:1 hisobida zafar quchdi.
Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun Yaponiya termasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtida 1:1 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida Yaponiya 9:8 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi 3-oktabr kuni «Toyota» stadionida Osiyo o‘yinlari chempionligi uchun Yaponiya va Janubiy Koreya termalari raqobatlashadi. O‘zbekiston va Xitoy esa bronza medali uchun maydonga tushadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA