Futbol 5x5: Bugun matonatli yigitlarimiz Xitoyga qarshi maydonga tushadi
Shu kunlarda Yaponiyaning Osaka shahrida 5x5 ko‘zi ojizlar futboli bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining 1-divizion bellashuvlari o‘tkazilmoqda.
Bugun, 21-aprel kuni "2026 IBSA Men’s Blind Football Asia Oceania Championship"ning “B” guruhidan joy olgan O‘zbekiston jamoasi Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Aytish lozim, musobaqada 8 ta jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda bahs olib bormoqda. Vakillarimiz "B" guruhida Janubiy Koreya, Tailand va Xitoy terma jamoalari bilan kuch sinashmoqda.
Kecha chempionatning ilk kungi bahsida matonatli futbolchilarimiz Janubiy Koreya vakillariga qarshi to‘p surdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakuniga yetdi.
O‘yinlar 27-aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA