Filologiya fakultetida “Bitiruvchi – 2026” tadbiri o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetida 2025/2026-o‘quv yilida bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev bitiruvchilarni qutlab, ularning kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Ta’kidlanganidek, universitetda egallangan bilim va tajriba yoshlarning jamiyatda munosib o‘rin topishi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida samarali faoliyat yuritishiga mustahkam zamin yaratadi.
[gallery-30360]
Shundan so‘ng bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, o‘quv yili davomida ilm-fan, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa yo‘nalishlarda yuqori natijalarga erishgan, respublika va xalqaro tanlovlar, fan olimpiadalari hamda universitet miqyosida o‘tkazilgan turli tanlovlarda g‘olib bo‘lgan talabalar taqdirlandi. Ularga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida, 2025/2026-o‘quv yilida Filologiya fakultetining kunduzgi ta’lim shaklini 210 nafar, sirtqi ta’lim shaklini 317 nafar va kechki ta’lim shaklini 48 nafar talaba tamomladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA