Filippinda zilzila sodir bo‘ldi: qurbonlari bor
Filippin janubidagi Mindanao mintaqasida yuz bergan 7,8 magnitudali zilzila qurbonlari soni 45 kishiga yetdi.

Ta’kidlanishicha, zilzila Saranggani provinsiyasidagi Kablalan munitsipalitetidan 26 kilometr janubi-g‘arbda sodir bo‘lgan va oqibatda 80 mingga yaqin kishi jabr ko‘rgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati qulagan binolar vayronalari ostidan topilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2 mingga yaqin uy shikastlangan, ulardan taxminan 1500 tasi butunlay vayron bo‘lgan. Rasmiylar vayronagarchilik ko‘lami tufayli mintaqada tiklanish qancha vaqt olishini aniqlashning iloji yo‘qligini ta’kidlamoqda. Ayni paytda hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Yer silkinishi General Santos aeroportiga ham zarar yetkazganligi, ba’zi reyslarning bekor qilinishiga yoki boshqa aeroportlarga yo‘naltirilishiga olib kelganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Zilziladan so‘ng Tinch okeani qirg‘oqlari uchun sunami haqida ogohlantirish e’lon qilindi. O‘lka prezidenti Ferdinand Markos sunami xavfi yuqori bo‘lgan hududlar aholisini darhol balandroq joylarga ko‘chishga chaqirdi.
G.Sattorova, O‘zA