Faxriylar tajribasi — yoshlarga ibrat
FOTOREPORTAJ
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Samarqand viloyati soliq boshqarmasida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda soliq organlarida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylar, bugungi kunda tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvda faxriylarning ko‘p yillik mehnat faoliyati, kasbga sadoqati va boy tajribasi alohida e’tirof etildi. Ularning mamlakat taraqqiyoti va soliq tizimi rivojiga qo‘shgan hissasi katta hurmat bilan tilga olindi.
Tadbir davomida faxriylar yosh xodimlar bilan muloqot qilib, ustoz-shogird an’analari, vatanparvarlik, fidoyilik va kasb mas’uliyati haqida o‘z hayotiy tajriba va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Ta’kidlanganidek, bunday uchrashuvlar yoshlarni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning kasbiy mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Alisher ISROILOV (surat), O‘zA