Farzandingizni turli ofatlardan saqlang
Inson qaçonki xalq tili bilan atalgan “oq ölim” deb ataluvçi oğudan taskin izlaganida, öz kelajagi eşiklarini öz qöllari bilan berkitgan böladi. Eng dahşatlisi, bu közga körinmaydigan, ammo, inson taqdirini butunlay mahv etuvçi zanjirdir.
Bugun yer yuzining barça nuqtalarida yuz berayotgan özgarişlardan inson ongi şoşib qolmoqda. Köplab sohalardagi özgarişlar şu qadar hayratlanarliki, ertaga emas, hozir röy berişi mumkin bölgan yangilikdan xabar topişga bölgan moyillik insonlarda kuçaydi. Taşqi dunyoda röy berayotgan har qanday voqelik heç kimni befarq qoldirmayapti. Şunday bölgaç, bir-biridan kim özarga öynaş, bir-biriga taqlid qilişga iştiyoq ortib bormoqda. Bu yaxşi jihatlarga xizmat qilsa-ku, nur ustiga nur. Ammo...
Xalqimizda “Bir qöşni yetti oilaga ota-ona” degan maqol bor. Biroq gohida qöşning bolasi yoki köçada biror öspirin nojöya harakat qilsa, uni tartibga çaqirsangiz, şu onda yuzingizga tarsaki tortgandek muomala qilişga ötadi. Şunda, kimdan andoza olyapti ekan, bu yoşlar, deb öylab qolasan.
Farzandlar va nabiralar bilan bir oyda bir dasturxon ustida ular tarbiyasiga jiddiyroq eʼtibor beriş haqida suhbatlaşib turamiz. Köça-köyda kuzatgan holatlar haqida misollar keltirib, ularni yomon odatlardan uzoqda bölişga çaqiramiz.
Şunday suhbatlarning birida nabiram uyimiz orqasida ikki-uç kunda begona bolalar yiğilib gaplaşib turişini aytib qoldi. Unga akangning örtoqlari bölsa kerak desam, yöq begona bolalar, mahallada ularni körmaganman dedi. Mahallada falonçining öğlini uşlab olişibdi, falonçi şu iş bilan şuğullanar ekan kabi gap-sözlar tez-tez takrorlanib qoldi. Bundan xavotirga tuşmay böladimi?!
Şundoq xonadonim oldidan katta farzandimga uy solib, rözğorini bölak qilib berganman. Köçaning oxiri berk bölgani uçun uy tomonga ikki-uç xonadon aʼzolaridan boşqa heç kim kirmaydi. Köça yoritiş tizimiga ulanmagani sababli oqşomdan keyin köça zimiston böladi qoladi.
Bir kuni tun yarmida orqa köça tomonni kuzatişga çiqdim. Nabiram aytganidek, qoronğilikda tört nafar öspirin yigitga közim tuşdi. Asta ular tomon bordim. Ularga yaqinlaşişga ön-ön beş qadam qolganda birdan yigitlar sarosimaga tuşib, katta köça tomon yugurib ketişdi. Tölin oy şuʼlasida ularning yuzlari aniq körinmadi. Ular orqasidan ozroq yugurdim, yigitlar çaqqon ekan, bir fursatda közdan ğoyib böldi. Ertasiga ular yiğilgan joyni sinçkovlik bilan kuzatdim. Qum va şağallarda kiçik-kiçik çuqurçalar paydo bölgan.
Bu voqeani bir kuni suhbat orasida jiyanlarga sözlab bersam, ularni quvib bölmaydi, qölida tiğli narsasi bölsa, tanangizga suqib olişi ham mumkin, ehtiyot böling, deyişdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda gohida giyohvandlik girdobiga tuşib qolganlar haqida taşvişli xabarlarni öqib qolaman. Bugungi kunda giyohvandlik nafaqat inson soğliğiga, balki davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy barqarorligiga raxna solayotgan eng jiddiy xavflardan biriga aylandi.

Ilgari giyohvandlik deganda asosan ösimlik navli vositalar tuşunilgan bölsa, hozirgi davrga kelib vaziyat özgardi. Bugungi kunda dunyoni sintetik giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar, “dorilar”, “tuzlar”, “mef” deb nomlanuvçi vositalar zaharlamoqda.
Bu moddalarning xavfli jihati şundaki, inson organizmi ularga birinçi yoki ikkinçi qabul qilişdayoq örganib qoladi. Sintetik narkotiklar inson markaziy asab tizimini qisqa muddatda yöq qiladi va tiklab bölmas ruhiy kasalliklarga olib keladi.
Zaharli moddalar savdosi bugungi kunda köproq internet, ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa, Telegram va yaşirin joylarga “kömib ketiş” usuli orqali amalga oşirilmoqda.
Demak, men guvohi bölgan voqea aynan şunday “kömib ketilgan” (“zakladka”) usuldagi zahri qotil iskanjasi bölişi mumkin. Yigitlar bekorga bu yerga kelmas ekan, nima qiliş kerak, degan fikr xayolimga keldi. Ertasiga, köçani yoritiş uçun ikki joyga çiroqlar qöydim, şu bilan birga mahalla nozirini voqeadan xabardor qildim. Çunki bunga doim eʼtiborda bölmas ekanmiz, oxiri yaxşilikka olib kelmasligi bor gap.
26-iyun – Xalqaro giyohvandlik vositalarini suiisteʼmol qiliş va ularning noqonuniy aylanişiga qarşi kuraş kuni deb belgilangan. Bu sana 1987-yilda BMT Boş Assambleyasi tomonidan giyohvandlikdan xoli xalqaro jamiyat barpo etiş, bu ofatga qarşi kuraşda global hamkorlikni kuçaytiriş maqsadida taşkil etilgan.
Bu illat bilan muntazam kuraş olib borişni davrning özi taqozo qilmoqda. Giyohvandlikka qarşi kuraşiş faqatgina huquq-tartibot idoralari yoki şifokorlarning vazifasi emas. Bu kuraşda oila, mahalla va taʼlim muassasalarining roli beqiyos. Agar bugun yonimizdagi qöşnining farzandi yoki köçamizdagi şubhali holatga köz yumsak, ertaga bu ofat öz uyimizga kirib kelmasligiga heç kim kafolat bermaydi. Ovloq joylarda, devor taglarida yoki daraxtlar ildizi atrofida nimadir qidirayotgan yoki telefonga rasmga olayotgan yoşlarni körganda befarq bölmaslik lozim.

Hayot insonga bebaho neʼmat sifatida tortiq etilgan. Uni gözal va mazmunli yaşaş esa har bir kişining öz qölida. Biroq bugungi kunda dunyoni taşvişga solayotgan giyohvandlik insonni nafaqat soğliğidan, balki özligidan va kelajagidan ayiradi. Xalq tilida “oq ölim” deb ataluvçi bu oğu avvaliga insonga soxta zavq va yengillik vaʼda qiladi. Lekin vaqt ötgaç, bu tuyğu orqasida dahşatli iskanja, tubsiz jarlik va ruhiy qullik yaşiringanini anglaşga keç qolinadi.
“Oq ölim” iskanjasiga tuşgan taqdirlarni qutqariş va bu ofatning oldini oliş uçun bir kun emas, bir kişi emas, balki har kun, har soat va barça birdek kuraş olib bormoği darkor. Farzandlarimizning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ularni sport va ilm-fanga yönaltiriş, ruhiy holatidagi özgarişlarga eʼtiborli böliş ularni bu ofatdan asraşning eng samarali yölidir.
Kelajagimiz soğlom va barkamol bölişini istasak, giyohvandlikning har qanday körinişiga qarşi birgalikda, befarq bölmasdan kuraşmoq lozim.
Asror Sulaymonov,
ÖzA