Atom energiyasi sohasida şaffoflik – işonç va masʼuliyat mezoni
Davlat boşqaruvida oçiqlik, şaffoflik va qonun ustuvorligini taʼminlaş davlat siyosatining muhim yönalişlaridandir.
Strategik ahamiyatga ega sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni öz vaqtida aniqlaş, resurslardan oqilona foydalaniş va qabul qilinayotgan qarorlarning xolisligini taʼminlaş alohida masʼuliyat talab etişi ayniqsa dolzarb.
Davlat boşqaruvida oçiqlik, şaffoflik va qonun ustuvorligini taʼminlaş davlat siyosatining muhim yönalişlaridandir. Strategik ahamiyatga ega sohalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni öz vaqtida aniqlaş, resurslardan oqilona foydalaniş va qabul qilinayotgan qarorlarning xolisligini taʼminlaş alohida masʼuliyat talab etişi ayniqsa dolzarb.
Atom energiyasidan foydalaniş sohasi ham şunday yönalişlardan. Uşbu sohada yirik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş, ilğor texnologiyalarni joriy etiş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş va malakali mutaxassislarni jalb qiliş jarayonlari samarali boşqaruv bilan bir qatorda yuqori darajadagi oçiqlik va masʼuliyatni talab etadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va uning tizim taşkilotlarida ham korrupsiyaning oldini oliş, uning kelib çiqişiga imkon yaratuvçi omillarni bartaraf etiş hamda faoliyatning barça yönalişlarida halollik tamoyillarini mustahkamlaşga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Jumladan, 2026-yilning birinçi yarim yilligida Agentligimizning korrupsiyaga qarşi kuraşiş siyosati, manfaatlar töqnaşuvini boşqariş, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaş, xodimlarning huquqiy bilimlarini oşiriş hamda içki nazorat faoliyatiga oid boşqa idoraviy hujjatlar amaldagi qonunçilik talablariga muvofiqlaştirilib, takomillaştirildi. Bu orqali korrupsiyaga qarşi kuraşişning taşkiliy-huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi.
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaş profilaktika işlarining muhim tarkibiy qismidir. Şu maqsadda, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PQ-240-son qarori talablariga muvofiq, 2026-yilda "Özatom" agentligining barça 52 ta funksiyasidagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar "E-anticor.uz" elektron platformasi orqali baholaşdan ötkazildi.
Baholaş natijalari asosida korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi va ularni kamaytirişga qaratilgan çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Har bir tarkibiy bölinma va tizim taşkilotining vazifalari belgilab berilib, ularning ijrosi yuzasidan muntazam axborot taqdim etiş va monitoring olib boriş tartibi yölga qöyildi. Bunday yondaşuv xavf-xatarlarni faqat aniqlaş emas, balki ularning oldini olişga qaratilgan aniq çoralarni belgilaş imkonini beradi.
Korrupsiyaning oldini olişda manfaatlar töqnaşuvini samarali boşqariş ham muhim ahamiyatga ega. Özbekiston Respublikasining "Manfaatlar töqnaşuvi töğrisida"gi qonuni talablariga muvofiq, Agentlik va tizim taşkilotlari xodimlari tomonidan 2026-yil uçun tegişli deklaratsiyalar töldirildi. Taqdim etilgan maʼlumotlar tahlil qilinib, ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi holatlarini nazorat qiliş va ularning amalda yuzaga kelişiga yöl qöymaslik yuzasidan profilaktik çoralar belgilandi. Bu, öz navbatida, xizmat vazifalarini bajarişda şaxsiy manfaatlarning qarorlar xolisligiga taʼsirini çeklaşga qaratilgan.
Davlat xaridlarida oçiqlik va qonuniylikni taʼminlaş ham doimiy eʼtiborimiz markazida. "Özatom" agentligida xarid jarayonlari "Davlat xaridlari töğrisida"gi qonun va belgilangan içki tartib-taomillar asosida taşkil etilib, tegişli maʼlumotlar rasmiy veb-saytda eʼlon qilib borilmoqda. Şuningdek, kontragentlarni tekşiriş, şartnomaviy munosabatlarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytiriş, byudjet va byudjetdan taşqari mablağlarning maqsadli sarflanişini nazorat qilişga alohida ahamiyat berilmoqda.
Kadrlar bilan işlaşda ham şaffoflik va teng imkoniyatlar tamoyillariga amal qilinmoqda. Jumladan, vakant lavozimlarga tanlovlar davlat fuqarolik xizmatining yagona oçiq portali orqali taşkil etilmoqda hamda işga qabul qilinayotgan nomzodlar belgilangan tartibda tekşirişdan ötkazilmoqda. Bunda asosiy maqsad kadrlarni tanlaş jarayonida xolislikni taʼminlaş va ehtimoliy korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olişdan iborat.
Şu bilan birga, korrupsiyaga qarşi kuraşişning samaradorligi köp jihatdan xodimlarning huquqiy madaniyati va şaxsiy masʼuliyatiga boğliq. Agentlikda halollik, kasbiy etika va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantirişga qaratilgan taʼlim va tarğibot işlari tizimli ravişda olib borilmoqda.
Xususan, Agentlik va tizim taşkilotlari xodimlari Huquqni muhofaza qiliş akademiyasining "Korrupsiyaga qarşi kuraşiş virtual akademiyasi"elektron platformasida maxsus öquv kurslarida öqitilmoqda. Bundan taşqari, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaş, manfaatlar töqnaşuvini tartibga soliş, nomzodlarni tekşiriş hamda korrupsiyaga qarşi kuraşiş samaradorligini oşiriş masalalarida seminar va davra suhbatlari taşkil etildi.
Mazkur tadbirlar xodimlarning huquqiy bilimlarini oşiriş bilan birga, kundalik xizmat faoliyatida yuzaga kelişi mumkin bölgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni anglaş, ularning oldini oliş va qonuniy qarorlar qabul qiliş könikmalarini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Bu boradagi işlarning muhim natijalaridan biri «Özatom» agentligida ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablariga muvofiq korrupsiyaga qarşi menejment tizimining joriy etilişi böldi. 2026-yilning iyul va oktabr oylarida xalqaro sertifikatlaş organi auditorlari tomonidan Agentlikning mazkur yönalişdagi faoliyati auditdan ötkazildi. Audit yakunlariga köra, «Özatom» agentligining korrupsiyaga qarşi menejment tizimi ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablariga muvofiq deb topildi va tegişli muvofiqlik sertifikati qölga kiritildi.
Uşbu natija "Özatom" agentligida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni boşqariş, içki nazoratni amalga oşiriş va profilaktik çoralarni tizimli taşkil etiş borasidagi işlarning xalqaro standartlar talablariga muvofiqligini tasdiqlaydi. Şu bilan birga, mazkur standartni joriy etiş doimiy takomillaşuvni, boşqaruv mexanizmlarining amaliy samaradorligini muntazam baholab borişni talab qiladi.
Sertifikatlaş jarayonida içki nazorat tuzilmasi xodimlarining malakasini oşirişga ham alohida eʼtibor qaratilib, ular ISO 37001:2025 standarti böyiça menejer va içki auditor dasturi asosida maxsus kurslarda öqitildi va tegişli sertifikatlarga ega böldi.
Albatta, korrupsiyaga qarşi kuraşişning muhim şartlaridan yana biri jamoatçilik bilan oçiq muloqot va samarali aloqa mexanizmlarining mavjudligidir. Şu maqsadda Agentlik va tizim taşkilotlarida korrupsiyaviy xatti-harakatlar töğrisidagi xabarlarni qabul qiliş, röyxatga oliş va körib çiqiş tartibi belgilangan. Rasmiy axborot kanallarida işonç telefonlari haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilinib, fuqarolar va xodimlarning tegişli murojaatlarni yöllaşi uçun imkoniyat yaratilgan.
Biz uçun eng muhim masala korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça belgilangan talablarning faqat hujjatlarda emas, balki kundalik faoliyatda ham izçil bajarilişini taʼminlaşdir. Zero, samarali içki nazorat, oçiq boşqaruv, xolis qarorlar va şaxsiy masʼuliyat bir-birini töldiruvçi muhim omillardir.
Kelgusida ham "Özatom" agentligida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytiriş, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, davlat xaridlarida şaffoflikni taʼminlaş, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş hamda xalqaro standartlarga asoslangan boşqaruv tizimini takomillaştiriş ustuvor vazifalarimizdan bölib qoladi.
Işonçimiz komilki, halollik va qonun ustuvorligi har bir xodimning kundalik faoliyat mezoniga aylangan, oçiqlik va masʼuliyatga asoslangan boşqaruv tizimi atom energiyasidan foydalaniş sohasining barqaror rivojlanişi hamda jamoatçilik va hamkorlar işonçini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Azim Ahmedxöjayev,
"Özatom" agentligi direktori.
ÖzA.