Eltoy – sahro bagʻridagi moʻjiza
Navoiy viloyati Konimex tumani hududidagi Eltoy ovulida 200 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Navoiy viloyati Konimex tumani hududidagi Eltoy ovulida 200 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Hududda chorvachilik turmushning muhim qismiga aylangan. Aholining aksar qismi ushbu soha bilan shugʻullanib, roʻzgʻor tebratadi.
Eltoyliklar qadim anʼanalar, urf-odatlar, madaniy meros namunalarini asrlar osha asrab-avaylab kelmoqda. Bu yerda doʻmbira sadosi ostida xalq termalarini, yalla va laparlarni mahorat bilan ijro etadigan kishilarni koʻplab uchratish mumkin.
Oʻtgan 2019-yili “Obod qishloq” dasturi doirasida Eltoy ovulida keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ichki yoʻllar asfalt qilinib, yoʻl boʻyiga tungi chiroqlar oʻrnatildi. Shuningdek, aholi xonadonlari taʼmirlandi, yangi maktab barpo etildi va ichimlik suvi tarmogʻi yangilandi. Muxtasar aytganda, ovul “Sahro bagʻridagi moʻjizaviy maskan”ga aylandi.