Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Buyuk Britaniya. Konteyner kemasi “London Gateway” portiga yo‘l olar ekan, Kanvi orolidagi “Oikos” yoqilg‘i saqlash inshooti yonidan o‘tmoqda.

Livan. Fuqaro muhofazasi guruhlari Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi bombardimonlar tufayli Qasmiya ko‘prigi ostida bedarak yo‘qolgan odamlarni qidirmoqda.

Eron. Tehronlik yigitlar mototsiklda mamlakatning yangi oliy rahbari Oyatulloh Mojtabo Xomanaiy surati tasvirlangan bino yonidan o‘tmoqda.

BAA. Dubay sohillarida savdo kemasi ko‘rinmoqda. Eron Hurmuz bo‘g‘ozini qayta yopganidan so‘ng harbiy keskinlik ehtimoli sabab o‘lkada neft narxlari keskin oshdi.

Hindiston. Assam shtatining tabiiy ofatlarga qarshi kurashish kuchlari qutqaruv qayig‘i bilan kuchli yomg‘irlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatmoqda.

KXDR. Mamlakat yetakchisi Kim Chen In va uning qizi ballistik raketa sinovini kuzatmoqda.

Yaponiya. Kunchiqar yurtning shimoliy hududida kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Shundan so‘ng, Tomakomai porti qirg‘oqlarida sunami xavfi e’lon qilindi.

Bangladesh. Sandha daryosi bo‘yidagi ulgurji bozorda tarvuz savdogarlari to‘planmoqda.

Xitoy. Jiangsu provinsiyasidagi ulkan ko‘l ustida quyosh batareyalari o‘rnatilmoqda.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA