“Dolzarb 90 kunlik” yoshlarni birlashtirmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 30-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar dasturidan “Zakovat” intellektual o‘yinlari, kitobxonlik va rasmlar tanlovlari, shaxmat-shashka hamda kurash musobaqalari va teatr tomoshalari o‘rin oldi.
Tadbirlarda ishtirok etgan o‘quvchilar o‘z bilim va iqtidorini namoyon etish, tengdoshlari bilan fikr almashish hamda qiziqarli mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
[gallery-29825]
Jarayon bilan Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va mutasaddi tashkilotlar vakillari ham tanishdi. Viloyat hokimi o‘quvchilar va ustozlar bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalari hamda kelgusi rejalari bilan qiziqdi.
Ta’kidlanganidek, bunday tadbirlar yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda sportga qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA