Diyorbek Boybo‘lsinov va Muhayyo Abdusattorova Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Bolgariyaning Plovdiv shahrida para akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon kubogining ikkinchi bosqich bahslari terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Xususan, musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Diyorbek Boybo‘lsinov va Muhayyo Abdusattorova PR2 MIX2x dasturi final bahsida barcha raqiblarini ortda qoldirib, oltin medal sohibiga aylandi.

Hamyurtlarimiz masofani 8:25.10 daqiqada bosib o‘tib, marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
Dunyonig 22 davlatidan qariyb 400 nafar sportchi ishtirok etayotgan Jahon kubogining bugungi bahslarida PR3 MIX2x dasturi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Unda Akbarali Abduvaliyev va Dinara Belyanina tandemi g‘oliblik uchun bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA