"Daxlsiz ekologiya" fotoustalar nigohida
Xitoyning Guychjou provinsiyasi Syannan-Bui-Myao muxtor okrugi Libo uyezdining Xunszyan qishlog‘ida "19-Daxlsiz ekologiya bo‘yicha rang-barang Guychjou – 2026 xalqaro fotoko‘rgazmasi" va birinchi "Rang-barang Guychjou – Yer san’ati mavsumi" ochildi. Unda Xitoy va xorijlik eng taniqli fotosan’at ustalari birgalikda ikki tadbirda ishtirok etdi.
Ko‘rgazma Guychjou provinsiyasi boshqaruvi, Xitoyning “CNS” axborot agentligi va Guychjou provinsiyasi Madaniyat va turizm departamenti tomonidan hamkorlikda tashkil etildi. U Guychjou provinsiyasi tomonidan o‘n to‘qqiz yil davomida muntazam o‘tkazib kelindi va provinsiyaning brendiga aylangan.

Ko‘rgazma “Yorug‘lik va soya nurida Guychjouda yashash” mavzusida o‘tkazilmoqda va sof gumanitar hamda manzarali suratga olish doirasidan chiqib, ob’ektivni Guychjouda yashaydigan odamlar hayotiga qaratishga urg‘u beradi. Onlayn va oflayn formatida 1000 dan ortiq asarlar (seriyalar) taqdim etilgan bo‘lib, bitta tematik ekspozitsiya va ikkita maxsus ekspozitsiya tashkil etilgan.

Tematik ekspozitsiya oltita bo‘lim – madaniyat, turizm, sport, tibbiyot, biznes va transport atrofida qurilgan bo‘lib, Xitoy va xorijdan kelgan sayyohlarning Guychjoudagi diqqatga sazovor joylarni tomosha qilishdan chuqur hordiq chiqarish va yashash davridagi hayot manzarasini har tomonlama ko‘rsatib beradi.

Ushbu ko‘rgazma Liboning yetti g‘or manzarali hududini, Bui qishloqlari, uylar va xalq urf-odatlarini qamrab olgan va an’anaviy ko‘rgazma zali chegaralarini buzib, butun qishloqni haqiqiy muhitda ochiq hikoya qilish maydoniga aylantiradi. Xunszyan qishlog‘iga kirib, Guychjou tog‘lari va suvlarini, qishloq kundalik hayotini va tashrif buyuruvchilar hayotining rang-barangligini muhrlagan fotosuratlar qadimiy uylarning devorlarida, hovli va galereyalarda joylashtirilganini ko‘rish mumkin. Shoshilmasdan sayr qilayotgan sayyohlar eksponatlar yonida to‘xtab, devordagi tasvirlar va qishloqning qadimiy qiyofasi aks-sado bergan manzarani kuzatdi.

Joriy ko‘rgazmada Fransiya va Italiyani o‘z ichiga olgan 10 ga yaqin mamlakat va mintaqalardan fotograflar ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, “Ipak yo‘li”dagi Markaziy osiyo fotoijodkorlari taklif etilgan. Kelgusida ko‘rgazma Qirg‘iziston va boshqa joylarda namoyish etilib, tasvir vositasida Guychjou va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi gumanitar almashinuv rivojiga hissa qo‘shadi va “Rang-barang Guychjou” madaniyatining targ‘ibotiga yordam beradi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hzqOtH_qFaA" title="«Дахлсиз экология» фотоусталари нигоҳида" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov, Elyor Olimov (video), Muqimjon Qodirov (surat),
Xitoy, Guychjou provinsiyasi.
O‘zA