Davlat boshqaruvi tizimida samarali faoliyat yuritayotgan kadrlar e’tirof etildi (+video)
Bugun Xalqaro kongress markazida “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturining g‘oliblarini mukofotlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda bir qator vazirlik va idoralar vakillari erishgan natijalari uchun e’tirof etildi. Ular orasida jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xodimlari eng namunali kadrlar safida e’tirof etildi.
Ularning teran fikrlashi, o‘z ustida doimiy ishlashi, mehnat faoliyatiga innovatsion yondashuvlarni joriy qilishi mazkur e’tirofga loyiq ko‘rildi.
Fazliddin Mo‘minov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i, “Eng yaxshi ma’muriy xodim” nominatsiyasi g‘olibi:
– “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi doirasida tashkil etilgan “Eng yaxshi ma’muriy xodim” nominatsiyasida g‘olib bo‘lganim o‘ylaymanki, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimida amalga oshirilgan ishlar, islohotlar, yangiliklar natijasidir.
Mazkur e’tirof, nafaqat o‘zimiz amalga oshirgan ishlar, balki kelgusi yillardagi rejalarimiz uchun juda katta turtki bo‘ladi va ishtiyoq beradi. Buni davlatimiz rahbari tomonidan berilayotgan imkoniyatlar orqali amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan kichik bir hissamizning e’tirofi deb bilaman.
Darhaqiqat, keyingi yillarda hududlarda fan va innovatsiyalar yo‘nalishida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va ilg‘or tajribalar asosida shakllantirilayotgan innovatsion hududlar bu boradagi muhim natijalardan biridir.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 28 ta innovatsion hudud belgilangan bo‘lib, ushbu jarayonlarga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shishga harakat qildim. Bugun esa ana shunday e’tirofga munosib ko‘rilganimdan mamnunman.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hcWnrGTE3sQ" title="Davlat boshqaruvi tizimida samarali faoliyat yuritayotgan kadrlar e’tirof etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Marhabo HOJIAKBAROVA, Yoqubjon MELIBOEV (video), O‘zA